Barcha taomlar
Pomidorli tuxum qovurma
Bolalikdan tanish taʼm: pomidor, piyoz va butun tuxum bir tovada.
Tayyorlash vaqti: 20 daqiqa

Masalliqlar
- 4 ta tuxum
- 4 ta pomidor
- 1 ta piyoz
- 1 ta bolgar qalampiri
- 2 osh qoshiq oʻsimlik yogʻi
- Koʻkat, tuz, qalampir
Tayyorlash
- Piyoz va qalampirni yogʻda 5 daqiqa qovuring.
- Toʻgʻralgan pomidorni qoʻshib, sousi quyuqlashguncha 7–8 daqiqa dimlang.
- Sousda chuqurchalar qilib, tuxumlarni chaqing. Tuz sepib, qopqogʻini yoping.
- Oqi pishguncha 5 daqiqa pishiring. Koʻkat sepib, non bilan torting.