Asosiy qismga oʻtish
+998 50 176 50 25

Joʻja buyurtmasi

Fermer va xonadon xoʻjaliklari uchun bir kunlik broyler joʻjalar. Sonini va olib ketish sanasini tanlang — taxminiy hisob shu yerning oʻzida chiqadi.

Bir kunlik joʻjalar
Soʻyishga tayyor
—
38–42 kunda
Kerakli ozuqa
—
bir boshga 4–4,5 kg
Taxminiy tirik vazn
—
bir boshga 2,2–2,6 kg
Kerakli joy
—
1 m² ga 10–12 bosh
Ozuqa bosqichlari
BosqichKunlarJami
Start0–10—
Oʻsish11–24—
Yakuniy25–42—

Hisob — broyler parrandachiligidagi oʻrtacha koʻrsatkichlar oraligʻi. Natija zot, ozuqa, harorat va parvarishga bogʻliq. Aniq maslahatni buyurtma vaqtida mutaxassisimiz beradi.

Buyurtma berish

Mutaxassisimiz qoʻngʻiroq qilib, mavjudligi, narxi va olib ketish vaqtini kelishadi.

Yuborish orqali maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.

Joʻja haqida savollar

Barcha savollar
Eng kamida nechta joʻja buyurtma qilsa boʻladi?

Bir kunlik broyler joʻjalar 50 donadan sotiladi. Kattaroq partiyani oldindan kelishib qoʻying.

Joʻjalar emlanganmi?

Ha, joʻjalar inkubatoriyada emlanadi. Qaysi emlashlar qilinganini buyurtma vaqtida mutaxassisimiz aytadi.

Joʻjalarni qachon olib ketsa boʻladi?

Kelishilgan sanada. Saytda sana tanlab ariza qoldiring — mutaxassisimiz qoʻngʻiroq qilib, aniq kun va vaqtni kelishadi.

Joʻjalar chet elga ham yetkaziladimi?

Ha, bir kunlik joʻjalar Afgʻoniston va Tojikistonga yetkazib beriladi.

Bizga qoʻngʻiroq qiling

+998 50 176 50 25

Telefoningiz kamerasi bilan skanerlang — qoʻngʻiroq oynasi ochiladi.

Kompyuterdan qoʻngʻiroq