Asosiy qismga oʻtish
+998 50 176 50 25
Barcha taomlar

Tovuq shashlik

Yumshoq va sersuv — sirni marinadda.

Tayyorlash vaqti: 40 daqiqa

Tovuq shashlik

Masalliqlar

  • 1 kg tovuq soni (suyaksiz)
  • 3 ta piyoz
  • 200 g qatiq yoki smetana
  • 1 choy qoshiq zira
  • 1 choy qoshiq qizil qalampir
  • Tuz, qora qalampir

Tayyorlash

  1. Goʻshtni 4 sm li boʻlaklarga toʻgʻrang.
  2. Piyozni halqa qilib toʻgʻrab, qoʻlda ezing — shirasi chiqsin.
  3. Goʻsht, piyoz, qatiq va ziravorlarni aralashtirib, kamida 2 soat sovuq joyda saqlang.
  4. Sixlarga terib, choʻgʻda 15–20 daqiqa, tez-tez aylantirib pishiring.
  5. Yangi piyoz va koʻkat bilan torting.

Bizga qoʻngʻiroq qiling

+998 50 176 50 25

Telefoningiz kamerasi bilan skanerlang — qoʻngʻiroq oynasi ochiladi.

Kompyuterdan qoʻngʻiroq