Barcha taomlar
Tovuq palov
Mol goʻshtli palovdan yengilroq va tezroq pishadi, taʼmi esa xuddi shunday boy.
Tayyorlash vaqti: 1 soat 30 daqiqa

Masalliqlar
- 1 ta butun tovuq (1,5 kg) yoki 1 kg son
- 1 kg guruch (devzira yoki lazer)
- 1 kg sabzi
- 3 ta piyoz
- 200 ml oʻsimlik yogʻi
- 1 bosh sarimsoq
- 1 osh qoshiq zira
- Tuz, qalampir
Tayyorlash
- Guruchni yuvib, 1 soat iliq suvda ivitib qoʻying.
- Qozonda yogʻni qizdirib, tovuq boʻlaklarini oltin rangga kirguncha qovuring.
- Piyozni qoʻshib qovuring, keyin somoncha qilib toʻgʻralgan sabzini soling.
- 10 daqiqa qovurib, zira, tuz va qalampir sepib, 1 litr qaynoq suv quying. 20 daqiqa qaynatib, zirvak tayyorlang.
- Guruchni tekis yoyib, oʻrtasiga sarimsoq qoʻying. Suvi guruchdan 1,5 sm yuqori boʻlsin.
- Suv singgach, guruchni tepalik qilib yigʻing, qopqogʻini yopib, past olovda 20–25 daqiqa dimlang.